“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Saudiyaning “Al-Ittihod” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, saudiyaliklar futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor. “Barselona” rahbariyati ham ushbu transferni o’rganib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, gollandiyalik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 16 ta o’yin o’tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.