Turkiyaning “Galatasaray” klubi hujumchisi Vilfrid Zaxa faoliyatini “Lion”da davom ettiradi. Bu haqda fransuz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ivuarlik futbolchi joriy mavsum oxirigacha “Lion”da ijarada to’p suradi. Bitim narxi 3 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Zaxa 2023-yilda “Galatasaray” futbolchisiga aylangan. U turk klubida jami 43 ta o’yin o’tkazib, 10 ta golga mualliflik qilgan.
Shuningdek, Zaxa faoliyati davomida “Kristal Pelas”, Kardiff Siti” va “Manchester Yunayted” klublari sharafini ham himoya qilgan.