Turkiyaning “Nilufer” voleybol klubining puerto-rikolik 28 yoshli sportchisi Pilar Mari Viktoriya Lopes Turkiyadagi kvartirasida o’lik holda topildi.
“Nilufer” matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Pilar ertalab jamoa mashg’ulotlariga bormagan. U bilan bog’lanishning iloji bo’lmagach, rahbariyat uni qidirish uchun yashash joyiga texnik guruh jo’natgan va u to’shagida hayot belgilarisiz topilgan.
Ma’lum qilinishicha, Pilar Marining o’lim sabablari hozircha noma’lum. Bu sud-tibbiy ekspertizasidan so’ng aniq bo’ladi.