Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rio Ferdinand bilan suhbatda xato qilishdan qo’rqmasligini aytdi.
“Men hech qachon mas’uliyatdan qochmayman va yoshligimdan shunday bo’lganman. Men qo’rqoq emasman.
Tushunaman, ba’zi futbolchilar o’zida ishonchsizlik his qilgani uchun penalti tepishni istamaydi. Men ularni hurmat qilaman, lekin Krishtianu hech qachon bunday qilmaydi. Hech qachon!
Agar birinchi urinishda omadim kelmasa, keyingi safar harakat qilaman, yana muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, yana urinib ko’raman.
Men qo’rqmayman. Ammo odamlar doim salbiy tomonlarini bo’rttirib ko’rsatadi. Agar mendan so’rasangiz, men gol urmoqchiman, lekin urolmasamchi? Yig’lashim kerakmi?
Muxlislar meni yaxshi ko’rishadi va bu mening o’ynashda davom etishimiz uchun qo’shimcha motivatsiya. Buni mendan hech kim tortib ololmaydi”, – deydi Ronaldu YouTube’dagi kanalida Ferdinand bilan suhbatda.