Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi hayotida ko’rgan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi.
“Ronaldo (Nazario) fenomen edi. Men ko’rgan futbolchilar orasida u eng yaxshisi”, – deydi Messi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik Ronaldo faoliyati davomida ikki marta “Oltin to’p”ni qo’lga kiritgan (1997, 2002), shuningdek, ikki marta jahon chempioni bo’lgan (1994, 2002).