Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Vaut Vegorst Amsterdamning “Ayaks” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, forvard “Ayaks” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Transfer narxi esa hozircha noma’lum.
Eslatib o’tamiz, Vegorstning so’nggi jamoasi Premyer-liganing so’nggi mavsumida Chempionshipga tushib ketgan “Byornli” edi.
Shuningdek, futbolchi “Manchester Yunayted”, “Xoffenxaym” va “Beshiktash” safida ijarada o’ynagan.
Ma’lumot uchun, Vegorst Niderlandiya terma jamoasi safida jami 39 ta o’yinda maydonga tushib, 12 bor raqiblar darvozasini ishg’ol qilgan.