Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o’rtasida tanlov qilish haqida fikr bildirdi.
“Ronaldu va Messi o’rtasida tanlov qilish – futbol uchun haqorat. Ikkalasi ham ajoyib chempionlar. Ronaldu to’purar, Messi esa fantaziyachi, ammo ikkalasi ham gol urishga qodir. Ikkalasi ham meni hayratda qoldirgan”, – deydi Buffon.
Eslatib o’tamiz, Buffon 2023-yilning avgust oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U faoliyati davomida “Parma”, “Yuventus” va PSJ klublari sharafini himoya qilgan.