“Milan” va “Roma” o’zaro futbolchi almashtirmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Milan” Temmi Abrahamni mavsum yakunigacha ijaraga oladi va uning o’rniga Aleksis Salemakersni rimliklarga bir mavsumga ijaraga beradi.
Ma’lumot uchun, Abraham o’tgan mavsum A Seriyada 8 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.
Salemakers esa o’tgan mavsumni “Bolonya”da ijarada o’tkazdi. U klub safida jami 30 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.