“Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sancho transferlar oynasining so’nggi kunlarida jamoani tark etishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko’ra, 24 yoshli futbolchi “Chelsi” va “Yuventus” bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, Sancho “Chelsi”ga o’tishni afzal ko’rmoqda. Londonliklar esa vingerni ijaraga olmasdan, to’liq transfer qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Jeydon joriy mavsum Premyer-ligada hali maydonga tushgani yo’q. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.