Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanseluni sotib olmoqchi. Bu haqda Manchester Evening News xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar transfer uchun 20 million yevro taklif qilgan. Biroq “shaharliklar” Kanselu uchun 25 million yevro talab qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Man. Siti” Kanseluni ular so’ragan mablag’ni to’lashga qodir bo’lgan A Seriya jamoalariga ham taklif qilgan.
Eslatib o’tamiz, Kanselu o’tgan mavsumni “Barselona”da ijarada o’tkazdi. U barcha turnirlarda 42 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.