O’zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov yaqinda yakuniga yetgan Sinquefield Cup turnirida 3-o’rinni qo’lga kiritib, FIDE Circuit tizimida yana birinchi o’ringa ko’tarilib oldi.
FIDE Circuit – bu 2023-yilda joriy qilingan bo’lib, endilikda FIDE Nomzodlar Turniriga yo’llanma olish yo’llaridan biri hisoblanadi. 2024-yil davomida turnirlarda eng yaxshi natijalarga erishgan shaxmatchi keyingi Nomzodlar Turnirida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
E’tiborli tomoni shundaki, Hindiston vakili Gukesh Dommaraju ham FIDE Circuit orqali shu yili Toronto shahrida bo’lib o’tgan Nomzodlar Turniriga yo’llanma olgan va yakunda ushbu turnirda g’olib bo’lgandi.
