Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Kepa Arizabalaga faoliyatini “Bornmut”da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Bornmut” 29 yoshli futbolchini londonliklardan mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan.
Eslatib o’tamiz, Kepa o’tgan mavsumni ijara asosida “Real”da o’tkazgandi.