Kataloniyaning “Barselona” klubi moliyaviy muammolar sabab yozda 10 nafar futbolchisini yo’qotishi mumkin. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, gap amaldagi shartnomasi 30-iyungacha mo’ljallangan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari haqida ketmoqda. Bu futbolchilar jamoani tekinga tark etishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, xuddi shunday muammolar sabab kataloniyaliklar 2021-yilda Lionel Messi bilan xayrlashishga majbur bo’lgandi.