Myunxenning “Bavariya” klubi 24 yoshli himoyachi Alfonso Devis bilan o’rtadagi shartnomani 2030-yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Devisga “Real” jiddiy qiziqish bildirayotgani va “Bavariya”dan ko’ra ko’proq maosh taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, kanadalik futbolchi 2019-yildan buyon myunxenliklar safida o’ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 220 ta o’yin o’tkazib, 12 ta gol urdi va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi.