Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta uchun taklif yubordi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar Andres Kristensenning jarohati va Erik Garsiyaning jamoani tark etish ehtimoli tufayli himoyani kuchaytirmoqchi.
Qayd etilishicha, “Barselona” Ta uchun “Bayer”ga 20 million yevro taklif qilgan. Biroq, “Bayer” himoyachi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.
Kataloniyaliklar transfer uchun ko’p pul sarflamoqchi emas. Chunki futbolchining leverkuzenliklar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Jonatan Ta o’tgan mavsum klub safida jami 48 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.