Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Sebalos ko’proq o’yin amaliyotiga ega bo’lishni xohlaydi, yarim himoyadagi kuchli raqobat sabab “Real” bunga kafolat bera olmaydi.
Shu sabab, futbolchi klubini o’zgartirish haqida o’ylamoqda. Hozirda Sebalosga La Liganing yana bir vakili “Sevilya” davogar sifatida ko’rilmoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli yarim himoyachining “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 6 million yevroga baholanmoqda.