Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Serxi Roberto jamoani tark etganidan so’ng kim sardor bo’lishini aytdi.
“Kim kapitan bo’ladi? Ter Shtegen bizning kapitanimiz. Kelgusi hafta qolgan sardorlar uchun ovoz beramiz”, – deydi Xansi Flik.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” o’zining La Ligadagi dastlabki o’yinini “Valensiya”ga qarshi o’tkazadi. Ushbu bahs 17-avgustdan 18-avgustga o’tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:30da start oladi.