Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Federiko Kyeza tez orada “Liverpul”ga o’tadi. Buni futbolchining o’zi ham tasdiqladi.
“Men juda xursandman va “Liverpul”ning yangi futbolchisi bo’lishni kuta olmayman.
“Yuventus” klubiga va muxlislarga rahmat aytmoqchiman, ular doimo menga yaxshi munosabatda bo’lishgan.
Endi navbat “Liverpul”ga keldi. Men kuta olmayman!”, – deydi Kyeza.
Eslatib o’tamiz, Federiko Kyeza joriy mavsum hali bironta ham o’yin o’tkazgani yo’q. Uning Transfermarkt’dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.