“Grand Chess Tour” loyihasining yakuniy bosqichi Sinquefield Cup turniri o’z yakuniga yetdi.
Mukofot jamg’armasi 350 000 AQSh dollarini tashkil qiladigan turnirda dunyoning ko’zga ko’ringan o’n nafar shaxmatchisi o’zaro bahs olib bordi.
9 tur yakuniga ko’ra Alireza Firouzja eng yaqin taqibchisidan 0,5 ochko ilgarilab ketib, birinchi o’rinni va 100 000 AQSh dollarini qo’lga kiritdi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa turnirda Maksim Vashe-Lagrav bilan birgalikda uchinchi va to’rtinchi o’rinlarni, qo’shimchasiga esa 40 000 AQSh dollar pul mukofotini o’ziniki qilib oldi.
Shu tariqa, 2024-yilgi “Grand Chess Tour” loyihasi o’z yakuniga yetdi, unda Nodirbek Abdusattorov umumiy miqdorda 74 500 AQSh dollar mukofot puliga ega bo’ldi.

