Transfermarkt portali joriy yozgi transferlar oynasida eng ko’p pul sarflagan jamoalar reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, Londonning “Chelsi” klubi ro’yxatda birinchi o’rinni egallagan. “Aristokratlar” futbolchilar uchun jami 261 million yevro sarflagan.
Ikkinchi o’rinni esa “Brayton” egallab turibdi. Hozirda qadar klub transferlar uchun 234 million yevrodan voz kechgan.
Kuchli uchlikni esa Madridning “Atletiko” klubi band etgan. “Matraschilar” transfer xarajatlari uchun sarflagan mablag’ 185 million yevroni tashkil qilmoqda.
Kuchli beshlikni esa “Atletiko Madrid” (176 million yevro) va PSJ (170 million yevro) yakunlab bergan.
Eslatib o’tamiz, joriy yozgi transferlar oynasi 30-avgust kuni rasman yopiladi.