Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior JCh-2026 saralash bosqichining yettita o’yinida qatnashib, birorta ham gol urolmadi.
Braziliya saralash bahslarining 12-turida Urugvayga qarshi maydonga tushdi va yakunda 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Vinisius ushbu o’yinni to’liq maydonda o’tkazdi, biroq gol urolmadi. Umumiy hisobda Vinisius terma jamoa safida 37 ta o’yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichida 12-turdan so’ng 18 ochko jamg’argan holda 5-o’rinda bormoqda. Ikkinchi o’rinni 20 ochko bilan Urugvay band etgan. Argentina esa 25 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.