Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zosi Sunnat Jo’rayev Portugaliyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.
Tekshiruv natijalariga koʻra, futzalchimizning xochsimon payi lat yegan va endilikda u operatsiya qilinadi.
Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.
O’FA matbuot xizmati