Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Seru Girassi Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, Gvineyalik futbolchi “Sporting”ga qarshi o’yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Girassi ushbu sovrin uchun kurashda Vinisius Junior, Vangelis Pavlidis va Igor Payxaolarni ortda qoldirdi.