“RB Leypsig”ning 21 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshko faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Myunxen klubi sloveniyalik futbolchini Harri Keynning o’rniga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda. Avvalroq, OAV’da Keynning APL’ga qaytish istagi borligi haqida xabarlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Sheshkoning “RB Leypsig” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda.