Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o’tgani haqida fikr bildirdi.
Eslatib o’tamiz, 20 yoshli himoyachimiz yanvar oyida 40 million yevro evaziga “Lans”dan “shaharliklar” safiga borib qo’shildi.
“Biz Husanov bilan “Man. Siti”ga o’tishidan oldin gaplashganmiz. Bu transfer butun O’zbekiston futboli, shuningdek, butun xalqimiz uchun katta voqea bo’ldi. Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo’lgan “Man. Siti”da o’ynash katta sharaf.
Abduqodir bilan hammamiz faxrlanamiz, uning o’yinlarini hayajon bilan tomosha qilamiz. Endi “Man. Siti”ning muxlislari yanada ko’payadi (kuladi)”, – deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” o’zining navbatdagi o’yinini 15-fevral kuni o’z maydonida “Nyukasl”ga qarshi o’tkazadi.