“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jeydon Sancho jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Devid Ornshteyn xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar futbolchini sotishga qaror qilgan. Hozirda Sanchoga “Yuventus” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, Jeydon Sancho APL’ning 2-turidan o’rin olgan “Brayton”ga qarshi o’yin uchun qaydnomaga kiritilmagan edi.