Londonning “Arsenal” klubi 28 yoshli yarim himoyachi Mikel Merino transferini e’lon qildi.

“Kanonirlar” futbolchining transferi uchun “Real Sosedad”ga 32+5 million funt to’lagan va 4+1 ko’rinishida shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Merino 2018-yildan beri “Real Sosedad” safida harakat qilib kelayotgandi. U klub safida jami 242 ta o’yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro-2024 va Millatlar Ligasi g’olibiga aylangan.