Londonning “Chelsi” klubi “Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sanchoni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Fussball News xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “aristokratlar” mankunianliklarga transfer narxini to’lashga, shuningdek, o’z akademiyasidan ikki nafar futbolchini qo’shib berishga tayyor. Shu bilan birga, “Chelsi” Sanchoni sotib olish majburiyati bilan ijara olishga ham roziligini bildirgan.
Eslatib o’tamiz, Sancho o’tgan mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning “Borussiya” klubida ijarada o’tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 21 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli vingerning “Manchester Yunayted” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining narxi 30 million yevroni tashkil qiladi.