Braziliyaning Paulista Ligasi 11-turidan o’rin olgan bahsda “Santos” va “Agua Santa” o’zaro to’qnash keldi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
“Santos”ning gollariga Takiano, Giyerme va yaqinda o’z klubiga qaytgan Neymar mualliflik qildi. Braziliyalik hujumchi uchrashuvning 14-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. Shuningdek, sheriklariga golli uzatma ham berdi.
Eslatib o’tamiz, Neymar qishki transferlar vaqtida Saudiyaning “Al-Hilol” klubidan “Santos”ga qaytgandi. Bu uning jamoaga qaytganidan so’ng debyut goli bo’ldi.