Vazn toifasidan qati’y nazar eng yaxshi jangchilarni aniqlaydigan P4P reytingi yangilandi.
Unga ko’ra, o’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi Israel Adesanyani mag’lub etganidan so’ng reytingda kuchli beshlikka ko’tarildi.
Shuningdek, o’rta vazn toifasida hali mag’lubiyatga uchramagan Hamzat Chimayev divizion reytingida 12-o’ringa tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, Chimayev UFC 294 turnirida Kamaru Usmanni mag’lub etganidan beri hali jang o’tkazmagan.
P4P reytingining TOP-5 jangchisi quyidagicha ko’rinish olgan:
1. Islom Maxachev.
2. Aleks Pereyra.
3. Jon Jons.
4. Iliya Topuriya.
5. Drikus dyu Plessi.