Londonning “Chelsi” klubi joriy transferlar oynasi yopilgunga qadar “Manchester Yunayted”dan Jeydon Sanchoni transfer qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko’ra, londonliklar Sanchoni Rahim Sterlingga almashtirmoqchi. Biroq Jeydonning maoshi yuqori va bu transferga to’sqinlik qilishi mumkin.
“Aristokratlar” faqatgina futbolchi maoshini kamaytirishga rozi bo’lsa, uni jamoaga qo’shib olishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Sanchoning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.