“Liverpul” klubi himoyachisi va sardori Virjil van Deyk bosh murabbiy Anre Slotning jamoada ish boshlagani haqida gapirdi.
“Kloppning davri ajoyib o’tdi, yangi murabbiyning ham o’ziga xos uslubi bor. Biz to’p bilan ham, to’psiz ham har xil mashg’ulotlar o’tkazyapmiz. Bu esa jamoaga ishonch bag’ishlaydi.
Men Yurgenni unutish kerak demayman, lekin bu o’tmishda qoldi. Bu ajoyib davr edi. Lekin yangi murabbiyning vaqti keldi va u muvaffaqiyatga erishadi degan umiddaman. Biz bunga e’tibor qaratishimiz kerak. Taqqoslash va shunga o’xshash narsalarning hojati yo’q.
Bizda hali yangi o’yinchilar yo’q, shubhasiz, menda qo’shimcha mas’uliyat bor. Lekin men Slot uchun shu yerdaman. Men unga yordam beraman.
Biz muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. Biz hammamiz bir kemadamiz”, – deydi van Deyk.
Eslatib o’tamiz, Anre Slot ushbu mavsum oralig’ida klub boshqaruvini o’z qo’liga oldi. U Premyer-ligada dastlabki ikki turda g’alaba qozondi.