Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Mario Martin joriy mavsum oxirigacha “Valyodalid”ga ijara asosida o’tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi o’tgan mavsumning asosiy qismini “qaymoqranglilar”ning ikkinchi jamoasida o’tkazdi. Asosiy jamoa safida esa bor-yo’gi ikkita o’yinda maydonga tushdi.
Eslatib o’tamiz, bugun La Liganing 2-turi doirasida “Real” va “Valyodalid” o’zaro to’qnash keladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.