“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchi kimligini aytdi.
“Xoland biz ko’rgan eng mukammal markaziy hujumchimi? Men ko’rgan eng aql bovar qilmaydigan hujumchi bu Messi”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Messi hozirda jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Xoland esa “Ipsvich Taun”ga qarshi o’yinda 3 ta gol urdi va Premyer-ligadagi xet-triklari sonini 7 taga yetkazib oldi. Bu natijaga erishish uchun norvegiyalik hujumchiga 68 ta o’yin kerak bo’ldi.