Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior saudiyaliklarning taklifini joriy mavsum yakunlanganidan so’ng o’ylab ko’rmoqchi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Vinisius vakillari “Real” rahbariyatiga 2027-yilda yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor emasligini, futbolchi jamoani tark etishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Vinisiusning tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.