“Atalanta” klubi hujumchisi Ademola Lukman faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Nikolo Skiraning xabariga ko’ra, nigeriyalik forvard PSJ bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, Lukman “Atalanta”da yiliga 1,8 million yevro maosh oladi. Parijliklar esa yiliga 5 million yevro to’lashga tayyorligini bildirgan. Hozirda PSJ transfer uchun dastlabki taklifni tayyorlamoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi 2022-yilning avgustidan beri “Atalanta” tarkibida to’p surmoqda. Bu vaqt ichida u klub safida jami 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.