Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Vitor Roke joriy mavsumni “Betis”da ijarada o’tkazadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, braziliyalik forvard bugun Sevilyaga yetib boradi va yaqin 24 soat ichida kelishuv yakunlanadi. Biroq hozircha transfer tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Eslatib o’tamiz, 19 yoshli futbolchi joriy yilning yanvar oyida kataloniyaliklar safiga kelib qo’shilgandi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar amal qiladi.