Madridning “Real” klubi Aurelian Tchuamenini “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandesga almashtirish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda D Sports xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” rahbariyati fransiyalik futbolchining o’yinidan qoniqish hosil qilmagani uchun u bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Shuningdek, “Los-Blankos” Tchuamenini qo’shimcha to’lovlarsiz va boshqa shartlarsiz Enzoga almashtirish niyatida.
Ma’lumot uchun, Tchuameni joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Enzo esa 25 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.