“Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Madridning “Real” klubi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, angliyalik futbolchi “Real” bilan 5 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolaydi va u 1-iyuldan kuchga kiradi.
Trent “Qirollik klubi”ga erkin agent sifatida qo’shiladi. Uning maoshi yiliga 15 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr-Arnold 2016-yilning yozidan buyon “Liverpul” safida o’ynab kelmoqda. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.