“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Tiago Motta Italiya A Seriyasining 29-turidan o’rin olgan “Fiorentina”ga qarshi bahsda qoniqarsiz natija qayd etsa, lavozimidan bo’shatilishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, turinliklar rahbariyati hozirda ham doimiy, ham vaqtinchalik murabbiy nomzodini ko’rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, “Keksa Sinora” yoshlar jamoasini boshqarayotgan Franchesko Magnanelli “Yuventus” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanishini mumkin.
Turin klubining doimiy murabbiyi lavozimiga esa asosiy davogar Roberto Manchini bo’lib turibdi. “Zebralar” allaqachon italiyalik mutaxassis bilan aloqa o’rnatgan.
Ma’lumot uchun, 60 yoshli Manchinining so’nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo’lgan (2023-yilning avgustidan 2024-yilning oktyabrigacha).