Bosniyalik darvozabon Asmir Begovich yana Angliyaning “Everton” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 37 yoshli darvozabon bilan 2025-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolangan.
“Biz Asmirni klubdagi avvalgi faoliyatini yaxshi bilamiz. Uning qanday tajribaga ega ekanligini o’tgan mavsumda “Kuinz Park Reynjers”da birinchi raqamli darvozabon bo’lganligi bilan ta’kidlash mumkin.
Asmirning qaytishi yosh darvozabonlarimizning rivojlanishi uchun imkoniyat beradi”, – deydi klub sport direktori.
Eslatib o’tamiz, Asmir Begovich 2021/2022-yilgi mavsumda ham “Everton” sharafini himoya qilgandi.