Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Kingsli Koman faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.
Florian Plottenbergning xabariga ko’ra, “Al-Hilol” Koman uchun “Bavariya”ga 40 million yevro taklif qilgan.
Qayd etilishicha, transfer borasidagi yakuniy qarorni futbolchining o’zi qabul qiladi. Biroq Koman hali aniq bir to’xtamga kelgani yo’q.
Ma’lumot uchun, fransiyalik vinger o’tgan mavsum Bundesligada 17 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.