“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne kelajagi borasida bir qarorga keldi. Uning “shaharliklar” amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Deadline Day Live xabariga ko’ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi Manchesterda qolmoqchi va klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.