Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar hujum chizig’ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
Albert Fernandesning xabariga ko’ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatidan Markus Reshfordni sotib olishni so’ragan.
Ma’lumot uchun, angliyalik forvard o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 43 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.