“Manchester Yunayted” Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar Uilyamsga Markus Reshfordning o’rinbosari sifatida qaramoqda. Ta’kidlanishicha, ispaniyalik futbolchining shartnomasida 58 million yevro miqdoridagi tovon puli mavjud.
Ma’lumot uchun, Uilyams joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.