“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2024/2025-yilgi “Oltin to’p”ning bo’lajak g’olibi haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Kim “Oltin to’p”ni qo’lga kiritsa, u bunga loyiq. Dembele uni yutishi mumkin – u treblga erishdi. Yamalning 17 yoshida ushbu sovringa nomzod bo’lganligi – bu aqlga sig’maydi”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Dembele o’tgan mavsum 49 ta o’yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yamal esa 55 ta o’yin o’tkazib, 18 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o’tamiz, o’tgan mavsumda “Oltin to’p” “Manchester Siti”ning ispaniyalik himoyachisi Rodriga nasib etgandi.