Madridning “Real” klubi markaziy yarim himoyachisi Jud Bellingem yelkasidagi jarrohlik amaliyoti sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Onda Cero jurnalisti Alberto Pereyra xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Bellingemning operatsiyadan keyingi tiklanish muddati 3-4 oy davom etadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Bellingem 2023-yildan beri qiynab kelayotgan yelkasidagi muammolar sabab jarrohlik stoliga yotishini ma’lum qilgandi. Operatsiya Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatidan so’ng o’tkaziladi.