UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida “Benfika”ga qarshi ikkita penaltini aniq amalga oshirgan “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski o’ziga xos rekord qayd etdi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Levandovski YChL’da aniq amalga oshirilgan penaltilar soni bo’yicha Krishtianu Ronalduga tenglashib oldi (19 ta).
Eslatib o’tamiz, argentinalik hujumchi Lionel Messi Chempionlar ligasi doirasida 18 ta penaltini aniq amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Robert joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 29 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.