Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Amerika jamoasida qoladi va faoliyatini MLS’da yakunlaydi. Bu haqda ESPN insayderi Klaudio xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Messining “Barselona” qaytishi haqidagi gap-so’zlarga qaramay, argentinalik hujumchi “Inter Mayami”ni tark etish niyatida emas.
Qayd etilishicha, yaqin kunlar ichida “Inter Mayami” va “Barselona” o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o’tamiz, Messi 2023-yilning yozidan buyon MLS klubida o’ynab kelmoqda. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi shartnoma 2025-yilning oxiriga qadar mo’ljallangan.