Fransiyaning “Lion” klubi barcha futbolchilarini transferga qo’ydi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Liga 1 klubi chempionatda moliyaviy feyr-pley bilan bog’liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar o’yinchilar sotuvidan 100 million yevro ishlab olishi kerak.
Qayd etilishicha, “Lion” qishki transferlar vaqtida bu summani topishi kerak edi. Biroq bunday bo’lmadi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, klubning butun asosiy tarkibi 261 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o’tamiz, joriy transferlar oynasida “Lion” “Metz”dan Jorj Mikautadzeni 18,5 million yevro evaziga xarid qilgandi.